Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Taekvondo WT bo‘yicha ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashitov joriy yil jahon miqyosida yilning eng yaxshi erkak taekvondochisi deb topildi.
Sovrin sportchimizga Gonkongda o‘tayotgan pumse bo‘yicha jahon chempionati arafasida topshirildi.
Ushbu nominatsiya g‘olibi butun dunyo bo‘yicha ovoz berish yo‘li bilan aniqlandi. Quvonarlisi, bu o‘zbek taekvondochilarining jahon miqyosida ilk bor mana shunday nufuzli sovrinni qo‘lga kiritishi bo‘ldi. Boisi, shu paytgacha hech bir hamyurtimiz Butunjahon taekvondo federatsiyasi tomonidan bunday e’tirofga sazovor bo‘lmagan edi.