Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — «O‘zaeronaviatsiya» agentligi uchta xorijiy aviakompaniyaga O‘zbekistonga muntazam reyslar amalga oshirish uchun ruxsat berdi, deb xabar qildi agentlik matbuot xizmati.
Malayziyaning AirAsia X Berhad aviakompaniyasiga Kuala-Lumpur — Toshkent — Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar amalga oshirish huquqi berildi. Shuningdek, Janubiy Koreyaning T’way Air aviakompaniyasi Seul — Toshkent — Seul yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Ikki kompaniya ham Airbus A330 samolyotlaridan foydalanadi.
Bundan tashqari, Red Sea Airlines (Misr) kompaniyasiga ham muntazam reyslar amalga oshirishga ruxsat berildi. U avvalroq Toshkent — Sharm-el-Sheyx yo‘nalishi bo‘yicha charter parvozlar xizmatini ko‘rsatar edi.