Uchqunbek Irisbekov Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Irisbekov Uchkunbek Niyazbekovich – Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
U.Irisbekov 1985 yil Qozog‘iston Respublikasida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy.
2006 yilda G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot akademiyasi Toshkent shahar filialini tamomlagan.
Tayinlovga qadar u Savdo-sanoat palatasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.