Turkman xalqining milliy yetakchisi Samarqandga keldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 23-aprel kuni tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
Tantanali ravishda ikki mamlakat bayroqlari bilan bezatilgan Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazish va madaniy tadbirlarda birgalikda ishtirok etish ko‘zda tutilgan.
Muzokaralarda O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi.
#Shavkat Mirziyoyev