Turkiyaning yetakchi zargarlik kompaniyasi LIZAY PIRLANTA bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Iqtisodiyot va moliya vazirligi departamenti direktori o‘rinbosari Shuhrat Matkarimov, departament birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Muxammadsaidov, O‘zbekiston Zargarlik uyushmasi raisi Shoxrux To‘ychiboyev, “LIZAY PIRLANTA” boshqaruv kengashi raisi Mahmut Serbes o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari kelishuviga ko‘ra, O‘zbekiston sanoatining 6 ta sohasini Turkiya ilg‘or tajribasi asosida rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini amalga oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari kelishuviga ko‘ra, O‘zbekiston sanoatining zargarlik, shisha mahsulotlarini va qurilish materiallarni ishlab chiqarish, charm-sanoat, farmatsevtika, mebelsozlik sohalarini (6 ta sohasini) Turkiya ilg‘or tajribasi asosida rivojlantirish belgilangan.
Muloqot davomida O‘zbekiston Zargarlik uyushmasi tomonidan mamlakatimizda zargarlik sanoatida amalga oshirilayotgan islohotlar va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berilib o‘tildi.
Turkiya boʻylab 100 ta doʻkonga ega boʻlib, ularning 51 tasi franchayzing tizimida ishlaydi. Shuningdek, kompaniyaning chet elda ham ikkita filiali mavjud. Mahsulot assortimenti: Klassik zargarlik buyumlari: yakkatosh (Tektaş), beshtosh (byeştaş), olmos (elmas), anturaj va suv yoʻli taqinchoqlari. Xodimlar soni: 300-400 nafar.
Shu bilan birga, muhokamalar davomida “LIZAY PIRLANTA” kompaniyasining faoliyat yo‘nalishlari, ishlab chiqarish ko‘lami hamda tajriba va salohiyati yuzasidan fikr almashdi.
Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlash hamda belgilangan maqsadlarga yetishda samarali va tizimli faoliyat olib borishga kelishib oldi.