Valyuta kurslari 31/01/2025
$1 – 12957.01
UZS – -0,09%
€1 – 13485.66
UZS – -0,05%
₽1 – 132.13
UZS – -0,14%
Qidirish
Iqtisod 30/01/2025 Turkiyaning “BATTAL Holding” kompaniyasi vakillari bilan farmatsevtika sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Turkiyaning “BATTAL Holding” kompaniyasi vakillari bilan farmatsevtika sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 27-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda Turkiyaning “BATTAL Holding” kompaniyasi bosh direktori Mexmet Berat Battal o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun: “BATTAL Holding” 1958-yil Istanbulda tashkil etilgan. Xolding tarkibiga “Turk ilac ve serum sanayi A.S.” kompaniyasi kiradi. Kompaniya maxsus zardoblar, vaksinalar, antibiotiklar, flakonlar, ampulalar ishlab chiqaradi. Kompaniyaning yillik daromadi 200 mln AQSh dollarini tashkil etadi (2022-yil). Oxirgi 5 yil ichida o‘rtacha 15% moliyaviy o‘sish ko‘rsatilgan. Kompaniya 30 dan ortiq davlatlarga o‘z mahsulotlarini eksport qilib kelmoqda.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi hamda Turkiya Respublikasi oʻrtasida hamkorlikning 6 ta muhim yoʻnalishida, xususan, farmatsevtika sohasida ikki tomonlama manfaatli aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, xalqaro tajriba hamda zamonaviy yondashuvni oʻrganish muhimligi taʼkidlandi.    

Muloqot davomida tomonlar mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, xususan, farmatsevtika sohasida yangi loyihalarni shakllantirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni jalb etish hamda dori-darmon vositalarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, shuningdek, o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Shuningdek,  uchrashuv mobaynida “Battal Holding” kompaniyasi va Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi oʻrtasida Oʻzbekistonda parenteral dori mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish boʻyicha Anglashuv Memorandumi imzolandi.

Maʼlumot uchun: Xorijiy investorning birlamchi hisob-kitoblariga muvofiq, loyihaning qiymati 30 mln dollarni tashkil etib, 500 ishchi oʻrni va yiliga 80 mln dona dori mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi.

Shu bilan birga, muhokamalar davomida “BATTAL Holding” kompaniyasining faoliyat yo‘nalishlari, ishlab chiqarish ko‘lami hamda tajriba va salohiyati yuzasidan fikr almashdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlash hamda belgilangan maqsadlarga yetishda samarali va tizimli faoliyat olib borishga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling