Valyuta kurslari 23/04/2025
$1 – 12878.96
UZS – -0,24%
€1 – 14801.79
UZS – -0,71%
₽1 – 158.39
UZS – -0,85%
Qidirish
Turizm 27/03/2025 Turkiyadan 2 oyda O‘zbekistonga 22,5 ming nafar turist kelgan

Turkiyadan 2 oyda O‘zbekistonga 22,5 ming nafar turist kelgan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-fevral oylarida jami 22,5 ming nafar Turkiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,3 ming nafarga yoki 57,8 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan Turkiya fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

xizmat yuzasidan – 9 396 nafar;

sayyohlik – 6 884 nafar;

qarindoshlarni yo‘qlash – 6 069 nafar;

tijorat – 92 nafar;

o‘qish – 68 nafar;

davolanish – 11 nafar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling