Valyuta kurslari 20/12/2024
$1 – 12875.06
UZS – 0,1%
€1 – 13406.80
UZS – -0,67%
₽1 – 124.75
UZS – -0,57%
Qidirish
Texnologiyalar 07/11/2024 Turkiyada Mastercardning Markaziy Osiyo davlatlaridagi Bosh ofisi prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazildi

Turkiyada Mastercardning Markaziy Osiyo davlatlaridagi Bosh ofisi prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Mastercard xalkaro to‘lov tizimining Markaziy Osiyo davlatlaridagi Bosh ofisi prezidenti Yasemin Bedir bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad Raqamli texnologiyalar xalqaro markazini tashkil etish raqamli texnologiyalar bozorining jozibadorligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan hamkorlik, to‘lovlarni raqamlashtirish, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar (Cashless society)ga o‘tish, to‘lovlar ekotizimini yaratish, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun venchur fondlar tashkil etish hamda o‘zaro anglashuv memorandumi keyingi qadamlarni belgilashdan iborat edi.

Uchrashuvda Mastercard vakillari raqamli texnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgan mamlakatlarda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejasini ishlab chiqishga, O‘zbekistonda fintech startaplarini qo‘llab-quvvatlash va imkoniyatlardan foydalanish orqali tadbirkorlikni rag‘batlantirish, raqamli texnologiyalar sohasidagi korxonalarning eksport faoliyatini jadallashtirish va ularning xalqaro bozorlar bilan integratsiyalashuvini kengaytirish yuzasidan tajriba almashishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling