Valyuta kurslari 23/12/2024
$1 – 12893.07
UZS – 0,14%
€1 – 13386.87
UZS – -0,15%
₽1 – 125.96
UZS – 0,97%
Qidirish
Texnologiyalar 05/11/2024 Turkiyada Islom hamkorlik tashkiloti Iqtisodiy va savdo hamkorlik qo‘mitasining 40-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Turkiyada Islom hamkorlik tashkiloti Iqtisodiy va savdo hamkorlik qo‘mitasining 40-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ushbu muhim tadbirda IHTga aʼzo davlatlar, jumladan, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Misr, Eron, Indoneziya, Pokiston kabi 50 dan ortiq vakillar qatnashdi.

Ushbu yig‘ilish Islom olamining eng muhim iqtisodiy va tijoriy hamkorlik platformalaridan biri hisoblanadi va a’zo davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik va integratsiyani rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. 

Ochilish marosimiga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on raislik qildi. U o‘z nutqida kambag‘allikka qarshi kurashish, raqamli transformatsiya sohasida hamkorlik va moliyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish kabi muhim masalalarga to‘xtaldi. Shuningdek, IHT davlatlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari fuqarolarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilashi mumkinligini ta’kidladi.

Panel sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov raqamli infratuzilma va transformatsiya sohasidagi olib borilayotgan ishlar bilan o‘rtoqlashdi. Vazir O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda salmoqli muvaffaqiyatlarga erishganini ta’kidladi. 

Vazir Sherzod Shermatov, shuningdek, xalqaro hamkorlikning ahamiyatiga to‘xtalib, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan BMTning “UN Public Service Forum 2025”ga mamlakatlar delegatsiyalarini taklif etdi.
 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling