Valyuta kurslari 04/03/2025
$1 – 12897.20
UZS – 0,06%
€1 – 13449.20
UZS – 0,36%
₽1 – 144.65
UZS – -1,24%
Qidirish
Dunyo 17/02/2025 Turkiya xorij fuqarolari uchun «shartli kirish» mexanizmini bekor qildi

Turkiya xorij fuqarolari uchun «shartli kirish» mexanizmini bekor qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turkiya hukumati avval xorij fuqarolari muayyan jarimalarni to‘lash yoki kerakli rasmiy tartiblarni bajargan holda mamlakatga tezda qaytish imkonini bergan «shartli kirish» (şartlı giriş) mexanizmini bekor qildi.

Yangi tartib 2025 yil fevral oyi boshidan kuchga kirdi. Shu munosabat bilan oxirgi ikki hafta ichida Turkiya aeroportlarida 150 dan ortiq xorijiy fuqaro, jumladan o‘zbekistonliklar muammolarga duch keldi.

Avvalroq Turkiyada qolish muddati oshirib yuborilgan yoki yashash uchun ruxsatnoma (ikamet izni) olishdan bosh tortilgan xorij fuqarolari «shartli kirish» huquqidan foydalanishi mumkin edi. Bu mexanizm ularga tezda mamlakatga qaytish va 10 kun ichida hujjatlarni rasmiylashtirish imkoniyatini bergan.

Yangi qoidalarga ko‘ra, endi bu kabi qoidalarni buzgan shaxslarga, fuqaroligiga bog‘liq holda, Turkiyaga kirish 3-6 oyga taqiqlanishi mumkin.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyaga safar qilishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklarni oldindan migratsiya talablari bilan tanishib chiqish va barcha zarur hujjatlarga ega bo‘lish kerakligi haqida ogohlantirdi.

Shuningdek, VNJ olishdan bosh tortilgan fuqarolarni mamlakatni qonunga muvofiq tark etishga chaqirdi, chunki ushbu qoidalarga rioya qilinmasligi ularning keyinchalik Turkiyaga kirish imkoniyatiga taʼsir ko‘rsatishi mumkin.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling