Turkiya elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Olgan Bekarni o‘zining diplomatik missiyasini yakunlashi munosabati bilan qabul qildi.
Suhbat davomida vazir ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi do‘stona muhit har tomonlama hamkorlikni mustahkamlash uchun mustahkam asos ekanligini taʼkidladi.
Baxtiyor Saidov elchining o‘zbek-turk munosabatlarini mustahkamlashdagi katta hissasini alohida qayd etib, unga samimiy minnatdorchilik bildirdi va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.