Valyuta kurslari 20/12/2024
$1 – 12875.06
UZS – 0,1%
€1 – 13406.80
UZS – -0,67%
₽1 – 124.75
UZS – -0,57%
Qidirish
Turizm 08/11/2024 Turizm sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Turizm sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev boshchiligidagi delegatsiya 2024-yil 5-7-noyabr kunlari Londonda turizm sohasidagi eng yirik xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalardan biri “World Travel Market London – 2024”da ishtirok etdi.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston turizm brendining yagona stendi tashkil etilib, unda tashrif buyuruvchilar respublikamiz, jumladan uning boy madaniy va tarixiy merosi, qadimiy shaharlari, mehmondo‘stlikning zamonaviy rivojlanishi va infratuzilmalar haqida batafsil ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbir doirasida milliy turoperatorlar va yangi sayyohlik yo‘nalishlarini qidirayotgan xorijiy kompaniyalar o‘rtasida B2B muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

“World Travel Market London – 2024” 180 dan ortiq mamlakatdan 4000 dan ortiq sayyohlik kompaniyalari va ishtirokchilarni, shu jumladan mehmonxona tarmoqlari, turoperatorlar, aviakompaniyalar va onlayn platformalarni birlashtirdi. Tadbirga 43 mingdan ortiq turizm sohasi mutaxassislari tashrif buyurdi. O‘zbekiston an’anaviy ravishda ushbu muhim tadbirda qatnashib, o‘zining jozibador sayyohlik yo‘nalishi sifatidagi salohiyatini namoyon etib kelmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling