“Trastbank” va Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi o‘rtasida 20 mln AQSH dollarlik bitim imzolandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Prezidentimiz raisligida 2024 yil 16 dekabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida banklar ishtirokida mahallalarda aholi bandligini taʼminlash va daromadli qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi.
Ushbu maqsadlarga erishishda banklar tashqi manbalardan 6 mlrd dollar jalb qilishi muhimligi taʼkidlangandi. “Trastbank” bu borada faol ishtirok etib kelayotgan moliya muassasalaridandir.
Bugun Jidda shahrida (Saudiya Arabistoni) “Trastbank”ning Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi bilan 20 million AQSH dollarlik imzolagan Bitimi ayni shu saʼy-harakatlarni izchil davom ettirishga xizmat qiladi.
Hujjatga ko‘ra, tadbirkorlik va kichik biznes bilan shug‘ullanuvchilar loyihalari moliyalashtiriladi. Mablag‘lar oziq-ovqat, tekstil, farmatsevtika, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish kabi sohalarga yo‘naltiriladi. Bu esa ushbu tizimlar yana-da ravnaq topishi, eng muhimi, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga turtki bo‘ladi.