Valyuta kurslari 26/03/2025
$1 – 12929.37
UZS – -0,14%
€1 – 13963.72
UZS – -0,5%
₽1 – 152.87
UZS – -1,38%
Qidirish
O‘zbekiston 10/02/2025 «Toza qo‘llar» dasturi O‘zbekistonda ishga tushiriladi

«Toza qo‘llar» dasturi O‘zbekistonda ishga tushiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 1 maydan boshlab O‘zbekistonda aholining, ayniqsa yoshlarning sanitariya va gigiyena vositalariga bo‘lgan imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan «Toza qo‘llar» dasturi amalga oshiriladi.

Ushbu loyiha 30 yanvar kuni prezident farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladi.

Dastur doirasida barcha tibbiyot va taʼlim muassasalarida qo‘l yuvish joylari tashkil etilib, ular zarur sanitariya-gigiyena vositalari bilan taʼminlanadi. Shuningdek, sanitar-gigiyena xonalarining (hojatxona va dush) texnik holatini yaxshilash ko‘zda tutilgan. Yangi binolarda bunday xonalar majburiy ravishda bino ichida joylashtiriladi.

Ijtimoiy muassasalar qo‘l yuvish vositalari va antiseptiklar sotib olishni o‘z xarajatlarida ustuvor yo‘nalish sifatida rejalashtirishi shart. May oyidan boshlab jamoat hojatxonalari va umumiy ovqatlanish muassasalarida sanitariya-gigiyena vositalari bilan taʼminlash majburiy bo‘ladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga zarurat tug‘ilganda byudjet tashkilotlariga qo‘shimcha mablag‘ ajratish vazifasi topshirildi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga bir oy muddatda sanitariya-gigiyena tadbirlari uchun moliyalashtirish normalari qayta ko‘rib chiqish va nazoratni kuchaytirish topshirildi.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jalik vazirligi 1 avgustgacha Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va BMT mutaxassislarini jalb qilgan holda ijtimoiy muassasalar, umumiy ovqatlanish joylari va shaharlararo yo‘llar bo‘yidagi sanitar zonalarda sanitariya-gigiyena tizimini yaxshilash bo‘yicha kompleks dastur ishlab chiqishi kerak.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling