Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 4-dekabr kuni Toshkentning Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari hamda avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida vaqtinchalik elektr ta’minoti uzilishi amalga oshiriladi.
Yunusobod tumani:
“Mingchinor”, “Nurmakon”, “Sobirobod”, “Yolarik” mahallalari, shuningdek, “Rezidens” turar-joy majmuasi yaqinidagi 4-kvartal hamda AQSh elchixonasi hududidagi o‘chirish soat 9:00 dan 18:00 gacha amalga oshiriladi.
Mirzo Ulug‘bek tumani:
“Pastki yuz”, “Geologlar” va “Geofizika” mahallalarida soat 8:00 dan 17:00 gacha o‘chirish rejalashtirilgan.
Fuqarolardan mazkur holatni ish va boshqa rejalarda inobatga olish so‘raladi. Batafsil ma’lumotni mahalliy energiya ta’minoti tashkilotlaridan olish mumkin.