Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent – Xo‘jakent – Toshkent shahar atrofi yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd ishga tushirildi. Mazkur elektropoyezd ushbu yo‘nalishda har bir tarafga kuniga uchtadan qatnovni amalga oshiradi.
Yangi elektropoyezd oltita vagondan iborat bo‘lib, ularning umumiy sig‘imi 1184 yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Bu ko‘rsatkich avvalgi poyezdlarnikidan taxminan 1,5 barobar yuqori.
Poyezdning maksimal tezligi soatiga 120 kilometrgacha yetadi, Toshkentdan Xo‘jakentgacha bo‘lgan yo‘l esa 1 soat-u 15 daqiqada bosib o‘tiladi.
Kattalar uchun yo‘l haqi 20 000 so‘m, bolalar uchun esa 11 500 so‘mni tashkil etadi. To‘lovni ATTO transport kartasi yordamida yoki chiptalarni onlayn xarid qilish orqali amalga oshirish mumkin.