Valyuta kurslari 17/06/2025
$1 – 12715.13
UZS – -0,35%
€1 – 14730.48
UZS – 0,17%
₽1 – 161.75
UZS – 1,04%
Qidirish
Iqtisod 17/06/2025 Toshkentda Xitoyning CAMCE kompaniyasi bilan “Yangi avlod” MIZni rivojlantirish bo‘yicha shartnoma imzolandi

Toshkentda Xitoyning CAMCE kompaniyasi bilan “Yangi avlod” MIZni rivojlantirish bo‘yicha shartnoma imzolandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahar hokimligi, "Toshkent Invest Kompaniyasi" AJ va "Yangi avlod" maxsus iqtisodiy zonasi bilan Xitoyning CAMCE Engineering Co., Ltd kompaniyasi o’rtasida hadli bitim imzolandi.

Hujjat uchta asosiy yo‘nalishda hamkorlikni nazarda tutadi:

"Yangi avlod" MIZ hududini birgalikda boshqarish;

strategik investorlar va yangi texnologiyalarni jalb etish;

zonaning ichki infratuzilmasini rivojlantirishga investitsiya kiritish.

Kelishuv CAMCE boshqaruv kengashi raisi janob Van Bo ishtirokida imzolandi.

Bu qadam poytaxtning sanoat rivojlanishi va iqtisodiyotning ustuvor sohalariga xalqaro investitsiyalarni jalb etish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling