Valyuta kurslari 05/06/2025
$1 – 12831.81
UZS – -0,2%
€1 – 14606.45
UZS – -0,45%
₽1 – 163.75
UZS – 0,18%
Qidirish
Iqtisod 07/06/2025 Toshkentda Xitoy-Yevrosiyo investitsiya va savdoni rivojlantirish markazi vakolatxonasi ochildi

Toshkentda Xitoy-Yevrosiyo investitsiya va savdoni rivojlantirish markazi vakolatxonasi ochildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 4-iyun kuni Toshkent shahrida Xitoy-Yevroosiyo Investitsiya va Savdoni Rivojlantirish Markazining O‘zbekistondagi bo‘limi tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda davlat tashkilotlari, savdo-sanoat palatalari rahbarlari, shuningdek, ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.

Marosim doirasida bir qator hamkorlik bitimlari jumladan, Shinjon Yevroosiyo Investitsiya va Savdo Rivojlantirish Markazi MChJ va O‘zbekiston Xitoy Xizmatlari Kompaniyasi hamda O‘zbekiston Ruimeng Xalqaro Intellektual mulk savdo guruhi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.

O‘zbekistondagi vakolatxona Xitoy-Yevrosiyo Investitsiyalar va Savdoni Rivojlantirish Markazining bosh ofisi to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruvi ostida faoliyat yuritadi. Uning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: xalqaro savdo xizmatlari, investitsiya loyihalarini muvofiqlashtirish va qo‘llab-quvvatlash, investitsiyadan keyingi xizmatlar, kadrlar almashinuvini qo‘llab-quvvatlash, brendlarni targ‘ib qilish va reklama, shuningdek sanoat hamkorligini rivojlantirish.

Markaz vakolatxonasining ochilishi Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi investitsiyaviy va savdo aloqalarini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib, iqtisodiyotning turli sohalarida yangi qo‘shma loyihalarning amalga oshirilishiga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling