Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 16-yanvar kuni soat 17:40 da Olmazor tumanidagi Sebzor ko‘chasida ikki Lacetti va bir Cobalt avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Lacetti haydovchilaridan biri boshqaruvni yo‘qotib, yorug‘lik ustuniga urilgan. YTH natijasida hech kim jabrlanmadi.
Hodisa tafsilotlarini Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari o‘rganmoqda.