Toshkentda Texnopark hududida yong‘in sodir bo‘ldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda Texnopark hududida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.
Vazirlik maʼlumotiga ko‘ra, yong‘in 1 may kuni ertalab Qo‘shbegi ko‘chasidagi sintifon ishlab chiqarish sexida yuzaga kelgan. Yong‘in haqidagi xabar soat 07:01 da tushgan va uch daqiqa o‘tib, 07:04 da yong‘in o‘chirish va qutqaruv guruhlari voqea joyiga yetib kelgan.
Yong‘in soat 07:45 da lokallashtirilgan va to‘liq o‘chirilgan vaqti 08:09 ni tashkil etgan.
Hozircha jabrlanuvchilar haqida maʼlumot berilmagan.