Valyuta kurslari 28/04/2025
$1 – 12957.14
UZS – 0,23%
€1 – 14702.47
UZS – -0,1%
₽1 – 156.56
UZS – 0,53%
Qidirish
O‘zbekiston 13/04/2025 Toshkentda suv diplomatiyasi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan anjumanda Afg‘oniston delegatsiyasi ham ishtirok etdi

Toshkentda suv diplomatiyasi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan anjumanda Afg‘oniston delegatsiyasi ham ishtirok etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 10 aprel kuni poytaxtimizda "Markaziy Osiyoda suv diplomatiyasi: barqaror rivojlanish yo‘lida ishonch, muloqot va ko‘p tomonlama hamkorli" mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda 10 dan ortiq mamlakatlardan 100 nafardan ziyod ishtirokchilar, jumladan Markaziy Osiyodagi ikkita eng yirik daryo – Amudaryo va Sirdaryo suv havzalarini birlashtirib turgan davlatlar vakillari ishtirok etishdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari  bilan bo‘lgan ko‘p tomnolama muloqotda ilk marotaba Afg‘oniston delegatsiyasi ham  qatnashdi. 

Afg‘oniston Muvaqqat hukumatining Energetika va suv  xo‘jaligi vazirligining suv resurslarini  tartibga solishni  boshqarish  bo‘limi boshlig‘i Nesar Mo‘hammad No‘mon anjuman  ishtirokchilariga murojaat qilib, ushbu forum o‘tkazilishi bilan barchani qutladi. 

– Markaziy Osiyoda  suv diplomatiyasi bo‘yicha  bunday muhim tadbirda  ishtirok etish Afg‘oniston  Islom Amirliklari delegatsiyasi uchun  katta sharaf. Bu o‘rtamizdagi ishonchni yana-da mustahkamlab,  munosabatlarimizni yaxshilashga hamda  suv resurslarini boshqarish va hamkorlik masalalari bo‘yicha mazmunli va  teng huquqli muloqot uchun  yana-da qulay shart-sharoitlar  yaratishga xizmat qilishi shubhasiz, – dedi u.

Afg‘oniston vakilining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Afg‘oniston va Markaziy Osiyo o‘rtasida ishonch va hamfikrlikka asoslangan  ko‘p qirrali hamkorlik faol rivojlanmoqda.

"Mamlakatlarimizning umumiy jihatlari ko‘p va bu  o‘zaro hamkorlik uchun mustahamkam zamin yaratishi mumkin", – dedi  Nesar Muhammad No‘mon. 

"Afg‘oniston va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlar iqtisodiyot, siyosat, savdo, tranzit, suv taʼminoti va qishloq xo‘jaligi kabi  turli sohalarda  tobora yaxshilanmoqda", – dedi afg‘onistonlik mutaxassis. 

Shu nuqtai nazardan, Afg‘oniston Muvaqqat hukumatining Energetika va suv  xo‘jaligi vazirligining suv resurslarini tartibga solishni  boshqarish  bo‘limi boshlig‘i suv sohasidagi o‘zaro hamkorlik haqida  gapirar ekan,  mamlakatning bu yo‘nalishda amaliy hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.  Uning so‘zlariga ko‘ra,  Afg‘onistonda  uzoq davom etgan  siyosiy beqarorlikdan  so‘ng  tinchlik va xavfsizlik  tiklangan.

"Suv – kelishmovchiliklar uchun emas, balki  hamkorlik  manbasi bo‘lishi kerak", – dedi Nesar Muhammad No‘mon. – Biz shu fikrni maʼqullaymiz.  Bu borada O‘zbekiston Respublikasi va mintaqadagi boshqa qo‘shni mamlakatlar  bilan suv masalalari bo‘yicha qator muzokaralar o‘tkazildi".

Umuman olganda,  mutaxassis  Markaziy Osiyo bilan  suv resurslarini boshqarish sohasida  hamkorlik qilishning muhimligini alohida  taʼkidladi: "Markaziy Osiyo mamlakatlari suv resurslarini samarali boshqarish va  ulardan  foydalanish bo‘yicha katta tajribaga egadirlar  va bu mazkur yo‘nalishda  hamkorlik o‘rnatish ahamiyatini oshiradi". 

Bundan tashqari, Nesar Muhammad No‘mon, Afg‘oniston  Markaziy Osiyo suv hamkorligining bir qismiga aylanishi kerakligini ishonch bilan bildirdi. "Faqat birgalikdagina  umumiy mintaqaviy suv-iqlim  muammolarini hal  etishimiz mumkin", – dedi u.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling