Valyuta kurslari 05/08/2025
$1 – 12621.29
UZS – -0,82%
€1 – 14596.52
UZS – 0,61%
₽1 – 158.44
UZS – -0,13%
Qidirish
Iqtisod 05/08/2025 Toshkentda Spark avtomobili yonib ketdi

Toshkentda Spark avtomobili yonib ketdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 5 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtda avtomobil yonayotgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi.

Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, Mirobod tumani Nukus koʻchasida “Spark” rusumli avtomashina yonib ketgani haqida xabar soat 12:52 da kelib tushgan. Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv texnikasi soat 12:59 da yetib kelgan va soat 13:06 ga kelib yong‘in to‘liq o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sabablari aniqlanmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling