Toshkentda O‘zbekiston–Gruziya biznes-forumi va B2B uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 21 may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston–Gruziya biznes-forumi va V2V uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Tadbirning asosiy maqsadi, ikki davlat o‘rtasida ishbilarmonlik aloqalarini yana-da rivojlantirish, o‘zaro tovar ayirboshlash va qo‘shma korxonalar sonini oshirish hisoblanadi.
Forumda 150 ga yaqin logistika, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, oziq-ovqat, to‘qimachilik sanoati, turizm, ulgurji savdo va boshqa sohalarda faoliyat yuritadigan Gruziya ishbilarmon doira vakillari ishtiroki kutilmoqda.