Valyuta kurslari 04/03/2025
$1 – 12897.20
UZS – 0,06%
€1 – 13449.20
UZS – 0,36%
₽1 – 144.65
UZS – -1,24%
Qidirish
Texnologiyalar 27/02/2025 Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi uchun “CT TECH+” dasturining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi uchun “CT TECH+” dasturining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 27-fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi uchun “CT TECH+” dasturi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan ushbu dastur Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Kiberxavfsizlik va rivojlanayotgan texnologiyalar bo‘yicha global terrorizmga qarshi kurash” dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston uchun “CT TECH+” dasturini rasman taqdim etish, shuningdek, 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasini kelishishdan iborat.

Tadbir Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aksilterror boshqarmasi huzuridagi Terrorizmga qarshi kurash markazi va Xalqaro jinoyat politsiyasi (Interpol) tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi ko‘magida tashkil etildi.

Tadbirda davlat organlari, huquq-tartibot idoralari, ilmiy doiralar va xususiy sektor vakillari ishtirok etdi.

“CT TECH+” dasturi terrorizmga qarshi kurashga yo‘naltirilgan milliy strategiyalarni mustahkamlash, huquqni muhofaza qilish organlarining texnologik imkoniyatlarini oshirish va yangi texnologiyalardan foydalanish bilan bog‘liq terrorchilik tahdidlariga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Dastur mutaxassislarni sun‘iy intellekt, ochiq manba razvedkasi (OSINT), shuningdek, kiberterrorizm va darknetdagi noqonuniy operatsiyalarga qarshi kurashish bo‘yicha o‘qitishni o‘z ichiga oladi.

Taqdimotning rasmiy dasturidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi vakillarining chiqishlari, kiberxavfsizlik sohasidagi global va mintaqaviy muammolarni muhokama qilish, shuningdek, “CT TECH+” doirasida o‘zaro hamkorlik strategiyalarini ishlab chiqish o‘rin oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling