Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yil 19–20-dekabr kunlari Toshkent shahrida «Energiya samardorligi-2024. Zamonaviy texnologiyalar – O‘zbekiston energetikasi rivojining asosi» mavzusida xalqaro ilmiy-texnikaviy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbir ana’naviy tarzda Energetiklar kuniga bag‘ishlanedi.
Anjuman Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ko‘magida tashkil etildi. Anjumanda MDH, Yevropa va Osiyo davlatlaridan 150 dan ortiq olim va mutaxassislar ishtirok etdi. Anjumanning asosiy mavzusi energetika sohasida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash hamda global iqlim o‘zgarishini hisobga olgan holda barqaror energiya manbalariga o‘tish masalalariga bag‘ishlandi.
TDTU rektori, akademik Sadritdin To‘rabjonov o‘z chiqishida O‘zbekistonda energetika tizimini modernizatsiya qilish yo‘lida ishonchli qadamlar tashlanayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, u yangi energetika quvvatlarini ishga tushirish va umumiy qiymati 7 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 24 loyihani ishga tushirishga alohida e’tibor qaratdi. «Ushbu loyihalar kelgusi yillarda qo‘shimcha 9,5 milliard kVt·soat elektr energiyasini ishlab chiqarish, 2,5 milliard m³ tabiiy gazni tejash va atmosferaga 460 million tonna zararli gazlar chiqishining oldini olish imkonini beradi. Qolaversa, Parij bitimi doirasida 2030-yilga qadar zararli gazlar emissiyasini 35 foizgacha kamaytirish mo‘ljallangan. Umid qilamanki, bugungi anjumanda muhokama qilingan masalalar va yechimlar Prezidentimiz tomonidan belgilab qo‘yilgan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun zamin yaratadi», — dedi To‘rabjonov.
Moskva energetika instituti rektori, professor Nikolay Rogalev konferensiya ishtirokchilariga videomurojaat orqali intellektual energiya tizimi haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, intellektual tizimlar, ayniqsa sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan, energiya samaradorlik muammolarini eng oqilona usulda hal qilish imkonini beradi. «Bunday tizimlarni yaratish uchun professional kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Konferensiya bu masalaga alohida e’tibor qaratadi deb ishonaman», — dedi Rogalev.
Taniqli olim, akademik Qahramon Allayev o‘z ma’ruzasida jahon va O‘zbekiston energetikasini rivojlantirish haqida ma’lumot berdi. U jahon energetikasini rivojlantishning asosiy ssenariyalar mohiyati haqida gapirib, ulardan biri atmosferaga zararli gazlarni chiqishni 2050-yilgacha nolga chiqarish ssenariysiga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, olimning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib atom elektr stansiyasini qurishni rejalashtirmoqda.
«Ma’lumki, O‘zbekistonda 330 MVt quvvatli kichik atom elektr stansiyasining qurilishi boshlanadi. Bu ilk qadam. Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, 2050-yilga borib, AESlarning umumiy quvvati 8dan 10 GVtgacha bo‘lishi kerak. Shundagina biz nol emissiyalarga erishib, Parij bitimi talablariga javob bera olamiz», — deya ta’kidladi Allayev.
Olimning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatimiz rahbariyatining o‘z oldiga qo‘ygan vazifalariga ko‘ra, 2030-yilga borib elektr energiya ishlab chiqarish hajmini 129 milliard kVt·soatga, 2035-yilga borib esa 170 milliard kVt·soatga yetkazish masalasini yechish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari va atom generatsiyasi hisobida ham hal etish mumkin. Anjuman tashkilotchilari ma’lum qilishicha, quyosh va shamol elektr stansiyalarining ishga tushirilish natijasida mamlakatning energiya tarmoqdagi «yashil» energiya ulushini 16 foizga yetkazish imkonini berdi. 2030-yilgacha 19 ming MVt quvvatga ega bo‘lgan qo‘shimcha «yashil» energiya manbalari qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, buning natijasida qayta tiklanadigan manbalari ulushini 54 foizga yetkazish imkonini beradi.
Anjuman davomida ishtirokchilar energiya samaradorligi, yoqilg‘i resurslari hamda energetika sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalarini muhokama qildilar. Tadbir yakunida ko‘pchilik ekspertlar O‘zbekiston energetika sohasida «yashil» texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha mintaqadagi yetakchi davlat bo‘lish uchun barcha imkoniyatlarga ega degan fikrga qo‘shildi.