Valyuta kurslari 19/08/2025
$1 – 12497.19
UZS – -0,4%
€1 – 14597.97
UZS – -0,46%
₽1 – 155.71
UZS – -0,83%
Qidirish
Moliya 18/08/2025 Toshkentda nasiya savdo bozori ishtirokchilari bilan navbatdagi davra suhbati oʻtkazildi

Toshkentda nasiya savdo bozori ishtirokchilari bilan navbatdagi davra suhbati oʻtkazildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Markaziy bank, nasiya savdo faoliyati bilan shugʻullanadigan tashkilotlar, banklar, mikromoliya tashkilotlari va boshqa manfaatdor tomonlar vakillari ishtirokida nasiya savdo (BNPL) faoliyati boʻyicha navbatdagi davra suhbati boʻlib oʻtdi. 

Uchrashuvda Markaziy bank tomonidan Singapur tajribasi asosida nasiya savdo bozorini tartibga solish mexanizmlari mavzusida taqdimot oʻtkazildi. Bunda, nasiya savdo bozori ishtirokchilariga Ahloq kodeksi qamrab olgan masalalar, xususan, bozor ishtirokchilari tomonidan rioya qilinishi belgilangan talablar, vujudga kelishi mumkin boʻlgan xatarlarni oldini olish choralari, kredit byurolari bilan axborot almashinuvi, akkreditatsiyadan oʻtish jarayoni va bosqichlari boʻyicha batafsil maʼlumot berildi. 

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari sohada yuzaga kelayotgan turli masalalar yuzasidan oʻz fikr va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbir yakunida bu kabi davra suhbatlarini yana o‘tkazishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling