Valyuta kurslari 15/04/2025
$1 – 12969.56
UZS – -0,08%
€1 – 14768.44
UZS – -0,07%
₽1 – 157.09
UZS – 1,67%
Qidirish
O‘zbekiston 12/04/2025 Toshkentda "Markaziy Osiyo – KADHK" strategik muloqotining yuqori mansabdor shaxslari yig'ilishi bo'lib o'tdi

Toshkentda "Markaziy Osiyo – KADHK" strategik muloqotining yuqori mansabdor shaxslari yig'ilishi bo'lib o'tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kecha Toshkent shahrida "Markaziy Osiyo – Ko'rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" strategik muloqotining yuqori mansabdor shaxslari yig'ilishi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, tadbirda Markaziy Osiyoning barcha davlatlaridan delegatsiyalar, shuningdek, Bahrayn, Qatar, Kuvayt, Birlashgan Arab Amirliklari, O'mon, Saudiya Arabistoni va Ko'rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi (KADHK) vakillari ishtirok etdi.

Suhbat chog'ida ikki mintaqa o'rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan keng ko'lamli masalalar, xususan, "Markaziy Osiyo – Ko'rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" strategik muloqotining ikkinchi sammitiga tayyorgarlik ko'rish ishlari muhokama qilindi.

Yig'ilishni O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Bahromjon A'loyev, Kuvayt tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Najib Al-Badr, KADHK bosh kotibi o'rinbosari Ali Al-Uvayshik ochib berdi.

Shuningdek, turli yo'nalishlarda hududlar o'rtasidagi sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirish muhim ahamiyat kasb etishi va o'zaro manfaatli aloqalarni yana-da kengaytirish zarurligi qayd etildi. Siyosiy, diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan aniq tavsiya va takliflar ishlab chiqish muhimligi ta'kidlandi.

Tomonlar o'zaro hamkorlikning ko'p tomonlama mexanizmlarini faol rivojlantirish va Markaziy Osiyo va Ko'rfaz arab davlatlari o'rtasidagi o'zaro aloqalarni mustahkamlashga sodiq ekanliklarini tasdiqladilar.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling