Valyuta kurslari 18/03/2025
$1 – 12943.39
UZS – -0,08%
€1 – 14108.30
UZS – 0,36%
₽1 – 153.70
UZS – 1,7%
Qidirish
O‘zbekiston 17/03/2025 Toshkentda fuqarolarning bank kartalaridan pul o‘g‘irlagan jinoiy guruh fosh etildi

Toshkentda fuqarolarning bank kartalaridan pul o‘g‘irlagan jinoiy guruh fosh etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida Call-markaz orqali fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlarini noqonuniy ravishda qo‘lga kiritib, ularning bank kartalaridan pul o‘g‘irlagan jinoiy guruhning faoliyati to‘xtatildi.

Poytaxt IIBB maʼlumotiga ko‘ra, firibgarlar respublikaning turli hududlaridagi fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zlarini mobil aloqa kompaniyalari xodimlari sifatida tanishtirgan. Ular turli bahonalar bilan fuqarolarni SMS-kodni ayttirishga ishontirgan. Ushbu kod esa aslida bank kartalariga kirish imkonini bergan va firibgarlarga jabrlanuvchilar hisoblaridan mablag‘larni yechib olishga imkon yaratgan.

Mirzo-Ulug‘bek tumanida o‘tkazilgan maxsus operatsiya natijasida 20 ga yaqin shaxs qo‘lga olindi. Ularning yashash manzillarida o‘tkazilgan tintuvlar davomida 15 mingdan ortiq shaxsiy maʼlumotlar bazasi, plastik kartalar, kiberjinoyatlarda foydalanilgan uskunalar va giyohvand moddalar musodara qilindi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari davom etmoqda, jinoiy sxemaning barcha tafsilotlari, jabrlanuvchilar soni va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling