Toshkentda Cobalt avtomashinasi yondi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yilning 28-dekabrida soat 13:47 da Toshkent shahrining Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasida Cobalt rusumli avtomashinada yong‘in sodir bo‘ldi.
Toshkent shahri Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, yong‘inni o‘chirish bo‘linmalari voqea joyiga soat 13:51 da yetib kelib, yong‘inni 13:56 da bartaraf etgan.
Hodisa natijasida jabrlanuvchilar yo‘q. Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori o‘rganilmoqda.