Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona oldida bosh yangi yil archasi o‘rnatildi, deb xabar bermoqda shahar hokimiyati matbuot xizmati.
Archaning balandligi 33 metrni, yulduz bilan birga esa 35 metrni tashkil qiladi. U 33 mingta o‘yinchoq va 14 ming metr uzunlikdagi 3500 dona yorug‘lik chiroqlari bilan bezatilgan.
Bosh archadan tashqari maydonda to‘rtta kichik archa, 300 dan ortiq dekorativ elementlar va bayram chiqishlari uchun katta sahna o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentning barcha bayram maydonchalaridagi archalar 25-dekabrdan 10-yanvargacha tashrif uchun ochiq bo‘ladi.