Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yil 28-noyabr kuni taxminan soat 16:10 da Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi Mustaqillik Shoh va Movarounnahr ko‘chalari chorrahasida beshta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bir yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchilar xavfsiz masofani saqlamagani oqibatida to‘qnashuv yuz bergan.
Hodisada ishtirok etganlar:
«HONGI EQM 5» avtomobili haydovchisi (1958-yilda tug‘ilgan, T.R.);
«COBALT» avtomobili haydovchisi (1994-yilda tug‘ilgan, S.A.);
«TRASKER2» avtomobili haydovchisi (1988-yilda tug‘ilgan, X.U.);
«NEXIA 3» avtomobili haydovchisi (1998-yilda tug‘ilgan, S.A.);
«ONIX» avtomobili haydovchisi (1982-yilda tug‘ilgan, T.M.).
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.
Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda.