Valyuta kurslari 31/01/2025
$1 – 12957.01
UZS – -0,09%
€1 – 13485.66
UZS – -0,05%
₽1 – 132.13
UZS – -0,14%
Qidirish
O‘zbekiston 01/02/2025 Toshkentda avtomashina yonib ketdi

Toshkentda avtomashina yonib ketdi

(Surat: FVV)

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 1-fevral kuni soat 15:34 da Toshkentning Yangixayot tumani, «Marxamat» mahallasi 40-uy oldida avtomashina yonib ketdi.

Hodisa haqida shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan va tezkor ravishda yong‘in-qutqaruv guruhlari hodisa joyiga yetib borgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in o‘chiruvchilar 15:41 da voqea joyiga yetib kelishgan va 15:46 da yong‘inni to‘liq bartaraf etishga muvaffaq bo‘lishgan.

Xodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda, yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Mutaxassislar ehtimoliy sabablar, jumladan, texnik nosozlik yoki tashqi ta’sirlarni o‘rganib chiqmoqda.

Tergov yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilinishi kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling