Valyuta kurslari 22/08/2025
$1 – 12413.79
UZS – -0,42%
€1 – 14468.27
UZS – -0,34%
₽1 – 154.86
UZS – -0,36%
Qidirish
Iqtisod 20/08/2025 Toshkentda 2025 yil oxiriga qadar ilk tungi avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi

Toshkentda 2025 yil oxiriga qadar ilk tungi avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida 2025 yil oxiriga qadar qizil rangdagi ilk tungi avtobuslar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Zamon” axborot dasturi efirida maʼlum qilindi.

Yangi avtobuslar 22:00 dan 06:00 gacha 15 ta yo‘nalish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi. Ularning yo‘nalishlari aeroport, temir yo‘l vokzali hamda sayyohlar ko‘p yig‘iladigan ko‘chalardan o‘tadi. Dastlabki bosqichda avtobuslar 30 daqiqalik intervalda qatnaydi.

Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Allayor Norbutayevning taʼkidlashicha, loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda uzunligi 136 kilometr bo‘lgan sakkizta yo‘nalish ochiladi va ularda 31 ta avtobus qatnaydi. Bu bosqich uchun 19,1 milliard so‘m ajratilgan. Ikkinchi bosqichda esa uzunligi 98 kilometr bo‘lgan yettita yo‘nalish tashkil etiladi va ularda 23 ta avtobus harakatlanadi. Buning uchun 14,2 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Fuqarolar qulayligi uchun yo‘nalishlar harf va raqamlar bilan belgilanadi — T1, T2, T3 va hokazo. Joriy yil oxiriga qadar ilk yo‘nalish — T1 yo‘lga qo‘yiladi. U Xusayn Boyqaro ko‘chasidan (Bektemir tumani) “Quylyuk” bozorigacha, keyinchalik Xonobodtepa ko‘chasidan o‘tadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling