Toshkent viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 18 avgust kuni soat 04:00:07 da O‘zbekiston hududida magnitudasi 2,9 bo‘lgan zilzila qayd etildi.
Yer qimirlashi epitsentri Toshkent viloyati Parkent tumanida, 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Uning koordinatalari 41,12° shimoliy kenglik va 69,45° sharqiy uzunlikni tashkil etdi.
Epitsentrda silkinish kuchi 3 ballga yetdi. Yuqorichirchiq tumanida — epitsentrdan 7 kilometr masofada 2–3 ball, O‘rtachirchiq tumanida — 11 kilometr masofada 2 ball, Nurafshon shahrida — 12 kilometr masofada 2 ball darajasida sezildi.
Bektemir tumanida silkinish 16 kilometr masofada 2 ballni, Yangixayot va Yashnobod tumanlarida esa 20 kilometr masofada 2 ballni tashkil etdi. Epitsentrdan Toshkentgacha bo‘lgan masofa janubi-sharqiy yo‘nalishda 25 kilometrni tashkil qildi.