Toshkent viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 12-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 06:16 da (Grinvich vaqti bilan 01:16) O‘zbekiston Respublikasi hududida zilzila qayd etildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining Respublika seysmoprognoz monitoringi markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzilaning epitsentri Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan.
Zilzilaning koordinatalari: 41,43° shimoliy kenglik va 69,16° sharqiy uzunlik. Magnitudasi M=3,6 ball, ochog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan. Epitsentr Toshkent shahridan 19 km shimoliy g‘arb tomonda joylashgan.
Zilzilaning kuchlilik darajasi (ball) O‘zbekiston hududida:
Toshkent tumani: 3 ball (6 km)
Olmazor tumani: 3 ball (10 km)
Shayxontohur tumani: 2-3 ball (15 km)
Uchtepa tumani: 2-3 ball (16 km)
Chilonzor tumani: 2-3 ball (17 km)
Mirzo Ulug‘bek tumani: 2-3 ball (18 km)
Yakkasaroy tumani: 2-3 ball (18 km)
Mirobod tumani: 2 ball (19 km)
Yunusobod tumani: 2 ball (19 km)
Zangiota tumani: 2 ball (20 km)
Yashnobod tumani: 2 ball (22 km)
Sergeli tumani: 2 ball (23 km)
Bektemir tumani: 2 ball (26 km)
Yangihayot tumani: 2 ball (27 km)
Qibray tumani: 2 ball (27 km)
Hozirgacha jabrlanuvchilar yoki vayronagarchiliklar haqida ma’lumot kelib tushmagan.