Valyuta kurslari 25/07/2025
$1 – 12653.48
UZS – -0,85%
€1 – 14871.64
UZS – -0,71%
₽1 – 159.75
UZS – -1,79%
Qidirish
O‘zbekiston 23/07/2025 Toshkent viloyatida YHXX xizmat mashinasi ishtirokida ikkita yo‘l transport hodisasi ro‘y berdi

Toshkent viloyatida YHXX xizmat mashinasi ishtirokida ikkita yo‘l transport hodisasi ro‘y berdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 23 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda YHXX xodimlari xizmat avtomobili ishtirokida jiddiy yo‘l-transport hodisasi yuz bergani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat bo‘yicha Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy izoh berdi.

Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, taxminan soat 05:00 larda Toshkent-O‘sh yo‘nalishidagi A373 avtomobil yo‘lining 39-kilometrida, Ohangaron tumani hududida ikki marta YTH sodir bo‘lgan. Avvalo, “Gentra” va “Cobalt” rusumli yengil avtomobillar to‘qnashib ketgan. Yaxshiki, bu to‘qnashuv oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joyga “Lasetti” rusumli xizmat avtomobilida yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari yetib borishgan va yo‘l-transport hodisasini rasmiylashtirish va ushbu joyda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida patrul avtomobilini mayoqchalarini yoqgan holda qatnov qismining o‘ng bo‘lagiga joylashtirishgan.

Shundan so‘ng, haydovchi 2001 yilda tug‘ilgan R,A “HOWO” rusumli yuk avtomobilini “Toshkent-Olmaliq” yo‘nalishida boshqarib kelib, tajribasizligi hamda eʼtiborsizligi natijasida “Lasetti” rusumli patrul avtomobilini yon qismiga borib urilishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Ayni vaqtda mazkur voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling