Valyuta kurslari 03/07/2025
$1 – 12591.71
UZS – -0,67%
€1 – 14821.70
UZS – -1,03%
₽1 – 160.18
UZS – -0,85%
Qidirish
O‘zbekiston 03/07/2025 Toshkent viloyatida sifatsiz dori vositalari va buyumlarining savdosiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyatida sifatsiz dori vositalari va buyumlarining savdosiga chek qo‘yildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida Zangiota tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda Toshkent shahrida yashovchi, 1996 y.t. shaxs sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 9500 dona “Menavazin”,

1300 dona “Glitserin” va 2000 dona “Metralin” dori vositalari hamda infuzion eritmalar quyish uchun mo‘ljallangan 56880 dona sistema tibbiy buyumlarini jami 9700 AQSH dollari va

2 mln 550 ming so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tekshiruv davomida “Glitserin” suyuqligi qo‘lbola usulda tayyorlanib, qadoqlanganligi maʼlum bo‘ldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi” Davlat markazining tegishli xulosasiga ko‘ra, mazkur tibbiy dori vositalari va buyumlarini respublika hududida sotish, tashish va amaliyotda qo‘llash taqiqlanadi.

Holat yuzasidan mazkur fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 1863-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling