Toshkent va Ulan Bator o‘rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Sharof Rahmonov, Mo‘g‘uliston bosh vazirining katta maslahatchisi Dagdandorjiyn Amgalanbaatar boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida poytaxtimizning shaharsozlik dasturlari, renovatsiya loyihalari va obodonlashtirish ishlari haqida to‘liq ma’lumot berildi.
Delegatsiya vakillari bilan mehmonxonalar, savdo markazlari va ofis binolariga bo‘lgan ehtiyojlar muhokama qilindi. Shuningdek, "Yangi Toshkent" loyihasi va Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ham tanishtirildi.
Janob Dagdandorjiyn Amgalanbaatar, Ulan Bator merining aprel oyida toshkentlik tadbirkorlarni Mo‘g‘uliston poytaxtida bo‘lib o‘tadigan savdo ko‘rgazmasiga taklifini yetkazib, kelajakdagi aloqalarni mustahkamlash uchun istiqbolli rejalarini bayon qildi.
Mehmon tomon uy-joy qurilishi va kommunal sohada hamkorlik qilish bo‘yicha o‘z tashabbuslarini ilgari surdi. Ularning fikricha, kelgusida samarali hamkorlikka erishish uchun barcha sharoitlar yetarli
Ushbu uchrashuv ikki mamlakat orasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.