Valyuta kurslari 18/04/2025
$1 – 12964.43
UZS – -0,23%
€1 – 14744.45
UZS – -0,12%
₽1 – 158.28
UZS – 0,38%
Qidirish
Iqtisod 17/04/2025 Toshkent shahrida uylar ijarasi: 1 va 2 xonali turar joylarning ijara narxlari tezroq arzonlashmoqda

Toshkent shahrida uylar ijarasi: 1 va 2 xonali turar joylarning ijara narxlari tezroq arzonlashmoqda 

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) (https://t.me/ifmr_public) mutaxassislari tomonidan 2025-yilning mart oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun taklif etilgan ijara narxlari tahlil qilindi. 

2025-yilning yanvar-mart oylarida poytaxtda 1, 2  va 3 xonali turar joylarning o'rtacha ijara narxlari o'tgan yilning mos davridagiga nisbatan sezilarli darajada arzonlashgan bo'lsa,  4 xonali uylarniki Shayxontohur tumanidagi to'liq ta'mirlangan "lyuks" toifadagi uylar ijarasi hisobiga biroz qimmatlashgan. 

O'rtacha ta'mirlangan uy-joylar ijarasi. 
2025-yilning mart oyida o'rtacha ta'mirlangan xonadonlar uchun o'rtacha ijara narxlari 2024-yilning mos davriga nisbatan sezilarli darajada arzonlashdi:
- 1 xonali: $296 (o'tgan yilning mart oyidagiga ($356) nisbatan -16.6%);
- 2 xonali: $379 (o'tgan yilning mart oyidagiga ($396) nisbatan -4.6%);
- 3 xonali: $454 (o'tgan yilning mart oyidagiga ($467) nisbatan -2.9%)
- 4 xonali: $521 (o'tgan yilning mart oyidagiga ($538) nisbatan -4.7%).

O'rtacha ta'mirlangan xonadonlar uchun taklif etilgan 
nisbatan arzon ijara narxlari: 
- Sergeli tumani (1 xonali - $297, 2 xonali – $373, 3 xonali – $432,  4 xonali - $443); 
- Olmazor tumani (1 xonali – $287, 2 xonali – $347, 3 xonali – $408, 4 xonali – $474). 
nisbatan qimmat ijara narxlari: 
- Shayxontohur tumani (1 xonali – $345, 2 xonali – $462, 3 xonali – $582, 4 xonali – $617); 
- Yakkasaroy tumani (1 xonali – $381, 2 xonali – $528, 3 xonali – $616, 4 xonali – $700).

To'liq ta'mirlangan uy-joylar ijarasi. 
Joriy yilning mart oyida to'liq ta'mirlangan 1, 2 va 3 xonali turar joylar uchun ijara narxlari ham o'tgan yilning mart oyidagiga nisbatan arzonlashdi:
- 1 xonali: $411 (o'tgan yilning mart oyidagiga ($472)  nisbatan -13,1%);
- 2 xonali: $547 (o'tgan yilning mart oyidagiga ($644) nisbatan -15,0%);
- 3 xonali: $728 (o'tgan yilning mart oyidagiga ($788) nisbatan -8.5%);
Mazkur davrda 4 xonali uylarning ijara narxi  $957 ni (o'tgan yilning mart oyida - $909) tashkil etdi va o'tgan yilning mos davridagiga nisbatan 3,1 foiz qimmatlashdi. 

To'liq ta'mirlangan uy-joylar uchun taklif etilgan 
nisbatan arzon ijara narxlari: 
- Sergeli tumani (1 xonali – $327, 2 xonali – $417, 3 xonali – $513, 4 xonali – $641); 
- Uchtepa tumani (1 xonali – $386, 2 xonali – $450, 3 xonali – $534, 4 xonali – $625). 
nisbatan qimmat ijara narxlari: 
- Mirobod tumani (1 xonali – $484, 2 xonali – $731, 3 xonali – $1027, 4 xonali – $1328); 
- Shayxontohur tumani (1 xonali – $521, 2 xonali – $732, 3 xonali – $1093, 4 xonali – $1381).

Ijara narxlari olx.uz platformasidan veb-skreping (web scraping) orqali olingan ochiq ma'lumotlar asosida tahlil qilindi. Bunda 2025-yilning fevral oyi uchun 37,5 mingta va  mart oyi uchun 39,4 mingta, 2024-yilning mart oyi uchun 52,2 mingta ma'lumotdan foydalanildi. Har uchta davr uchun tahlillar narxlar chegarasining yuqori va pastki 5 foizlik kvantillari chiqarib tashlanganidan keyin amalga oshirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling