Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2024-yilning noyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun o'rtacha ijara narxlari tahlil qilindi.
Mazkur davrda poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun o'rtacha ijara narxlari oktyabr oyidagiga nisbatan 1,3 foiz pasaygan bo'lsa, to'liq ta’mirlangan xonadonlar uchun o'rtacha narxlar deyarli o'zgarmadi.
O‘rtacha ta’mirlangan uy-joylar ijarasi. 2024-yilning noyabr oyida o'rtacha ta'mirlangan 1 xonali xonadonlar uchun o'rtacha ijara narxi oktyabr oyidagiga nisbatan 0,9 foizga, 2 xonalilar uchun 1,3 foizga, 4 xonalilar uchun 3,9 foizga tushdi. 3 xonali xonadonlar uchun o'rtacha ijara narxida esa biroz (0,8 foizga) ko'tarilish kuzatildi.
O'rtacha ta'mirlangan xonadonlar uchun nisbatan arzon ijara narxlari:
- Sergeli (1 xonali - 298 AQSh dollari, 2 xonali – 360 AQSh dollari, 3 xonali – 404 AQSh dollari, 4 xonali - 411 AQSh dollari);
- Olmazor (1 xonali – 330 AQSh dollari, 2 xonali – 364 AQSh dollari, 3 xonali – 463 AQSh dollari, 4 xonali – 479 AQSh dollari) tumanlarida taklif etilgan bo'lsa,
eng qimmat ijara narxlari:
- Mirobod (1 xonali – 378 AQSh dollari, 2 xonali – 516 AQSh dollari, 3 xonali – 680 AQSh dollari, 4 xonali – 865 AQSh dollari);
- Yakkasaroy (1 xonali – 367 AQSh dollari, 2 xonali – 488 AQSh dollari, 3 xonali – 668 AQSh dollari, 4 xonali – 743 AQSh dollari) tumanlarida kuzatildi.
To’liq ta’mirlangan uy-joylar ijarasi. Mazkur davrda to'liq ta'mirlangan 2 xonali (559 AQSh dollari) va 3 xonali (733 AQSh dollari) uy-joylarning ijara narxi deyarli o'zgarishsiz qolgan bo'lsa, 1 xonali uylar ijara narxlari 0,6 foizga oshdi. Talab darajasi nisbatan kam bo'lgan 4 xonali uylarning ijara narxi esa o'rtacha 0,9 foizga pasaydi.
To'liq ta'mirlangan uy-joylarning
eng arzon ijara narxlari:
- Sergeli (1 xonali – 331 AQSh dollari, 2 xonali – 410 AQSh dollari, 3 xonali – 509 AQSh dollari, 4 xonali – 587 AQSh dollari);
- Uchtepa (1 xonali – 353 AQSh dollari, 2 xonali – 450 AQSh dollari, 3 xonali – 554 AQSh dollari, 4 xonali – 688 AQSh dollari) tumanlarida,
eng qimmat ijara narxlari:
- Mirobod (1 xonali – 479 AQSh dollari, 2 xonali – 718 AQSh dollari, 3 xonali – 984 AQSh dollari, 4 xonali – 1313 AQSh dollari);
- Shayxontohur (1 xonali – 520 AQSh dollari, 2 xonali – 730 AQSh dollari, 3 xonali – 1032 AQSh dollari, 4 xonali – 1258 AQSh dollari) tumanlarida kuzatildi.
Ijara narxlari olx.uz platformasidan veb-skreping (web scraping) orqali olingan ochiq ma'lumotlar asosida tahlil qilindi. Bunda 2024-yilning oktyabr oyi uchun 43,1 mingta va noyabr oyi uchun 38,1 mingta ma'lumotdan foydalanildi. Ikkala davr uchun ham tahlil narxlar chegarasining yuqori va pastki 5 foizlik kvantillari chiqarib tashlanganidan keyin amalga oshirildi.