Valyuta kurslari 05/02/2025
$1 – 12998.91
UZS – 0,11%
€1 – 13439.57
UZS – 1,16%
₽1 – 131.29
UZS – 1,12%
Qidirish
Iqtisod 12/01/2025 Toshkent shahrida uy-joy ijara narxlari o'rtacha ta'mirlangan xonadonlar uchun pasaygan bo'lsa, to'liq ta'mirlangan 3 va 4 xonali xonadonlar uchun o'sishi kuzatildi.

Toshkent shahrida uy-joy ijara narxlari o'rtacha ta'mirlangan xonadonlar uchun pasaygan bo'lsa, to'liq ta'mirlangan 3 va 4 xonali xonadonlar uchun o'sishi kuzatildi.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) (https://t.me/ifmr_public) mutaxassislari tomonidan 2024-yilning dekabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun o'rtacha ijara narxlari tahlil qilindi. 

Mazkur davrda poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun o'rtacha ijara narxlari noyabr oyiga nisbatan 0,9 foizga pasaygan bo'lsa,  to'liq ta’mirlangan xonadonlar uchun o'rtacha narxlar 0,7 foizga ko'tarildi.

O‘rtacha ta’mirlangan uy-joylar ijarasi.  2024-yilning dekabr oyida o'rtacha ta'mirlangan 1 xonali xonadonlar uchun o'rtacha ijara narxi noyabr oyiga nisbatan 0,7 foizga, 2 xonalilar uchun 0,4 foizga, 3 xonalilar uchun 1,3 foizga hamda 4 xonali xonadonlar uchun 0,8 foizga tushdi.

O‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun nisbatan arzon ijara narxlari: 

Sergeli tumani

1 xonali - 296 AQSH dollari

2 xonali – 345 AQSH dollari

3 xonali – 414 AQSH dollari

4 xonali - 451 AQSH dollari

Olmazor tumani

1 xonali – 286 AQSH dollari

2 xonali – 353 AQSH dollari

3 xonali – 426 AQSH dollari

4 xonali – 457 AQSH dollari 

O‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun nisbatan qimmat ijara narxlari: 

Mirobod tumani

1 xonali – 374 AQSH dollari

2 xonali – 510 AQSH dollari

3 xonali – 634 AQSH dollari

4 xonali – 800 AQSH dollari 

Yakkasaroy tumani

1 xonali – 380 AQSH dollari

2 xonali – 521 AQSH dollari

3 xonali – 667 AQSH dollari

4 xonali – 733 AQSH dollari

To‘liq ta’mirlangan uy-joylar ijarasi. Mazkur davrda to‘liq ta’mirlangan 1 xonali  (0,7 foizga) va 2 xonali (1,1 foizga) xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari tushgan bo‘lsa,  3 xonali (0,9 foizga) hamda  4 xonali (3,8 foizga) xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari oshgan. 

To‘liq ta’mirlangan uy-joylar uchun  nisbatan arzon ijara narxlari: 

Sergeli tumani

1 xonali – 321 AQSH dollari

2 xonali – 415 AQSH dollari

3 xonali – 508 AQSH dollari

4 xonali – 613 AQSH dollari 

Uchtepa tumani

1 xonali – 365 AQSH dollari

2 xonali – 453 AQSH dollari

3 xonali – 524 AQSH dollari

4 xonali – 644 AQSH dollari

To‘liq ta’mirlangan uy-joylar uchun nisbatan qimmat ijara narxlari:  

Mirobod tumani

1 xonali – 486 AQSH dollari

2 xonali – 725 AQSH dollari

3 xonali – 1033 AQSH dollari

4 xonali – 1356 AQSH dollari)

Shayxontohur tumani

1 xonali – 535 AQSH dollari

2 xonali – 735 AQSH dollari

3 xonali – 1104 AQSH dollari

4 xonali – 1303 AQSH dollari

Ijara narxlari olx.uz platformasidan veb-skreping (web scraping) orqali olingan ochiq ma'lumotlar asosida tahlil qilindi. Bunda 2024-yilning noyabr oyi uchun 38,1 mingta va dekabr oyi uchun 35,1 mingta ma'lumotdan foydalanildi. Ikkala davr uchun ham tahlil narxlar chegarasining yuqori va pastki 5 foizlik kvantillari chiqarib tashlanganidan keyin amalga oshirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling