Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 12-sentyabr kuni Toshkent shahar hokimligi va Minsk shahar ijroiya qo‘mitasi o‘rtasidagi amaliy harakatlar rejasiga asosan Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Shahnoza Sultanova boshchiligidagi Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi o‘rinbosari Muattar Abdullayeva, hokimlik bosh mutaxassisi Maftuna O‘razbayevalardan iborat delegatsiya Belorus Respublikasiga tashrifi tashkillashtirildi.
Tashrif doirasida Belorusning milliy texnika universitetida tahsil olayotgan O‘zbekiston Respublikasi talabalari bilan uchrashuv o‘tkazilib, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, oila salomatligini asrash va kundalik hayotga oid asosiy masalalar muhokama qilindi.
Talabalar bilan individual muloqot tashkil etilib, aniqlangan muammolarning yechimi yuzasidan amaliy yordam berish choralari ko‘rildi.