Valyuta kurslari 30/04/2025
$1 – 12933.16
UZS – -0,12%
€1 – 14719.23
UZS – 0,16%
₽1 – 158.28
UZS – 0,86%
Qidirish
O‘zbekiston 26/03/2025 Toshkent shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosari qamoqqa olindi

Toshkent shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosari qamoqqa olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarining noqonuniy harakatlari fosh etildi.

Jumladan, mazkur mansabdor shaxs o‘z xizmat mavqeini suiisteʼmol qilib, Toshkent shahrida qurilishi rejalashtirilgan binolarning eskiz loyihasini tasdiqlash, yong‘indan avtomatik tarzda xabar beruvchi qurilmalar bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalarni imzolash hamda yangi qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan binolarni Davlat qabul komissiyasiga foydalanishga topshirilishida ijobiy xulosa berish evaziga doimiy ravishda tamagirlik yo‘li bilan pora olib kelgan.

Eng achinarlisi bunday obyektlar ichida umumiy o‘rta taʼlim maktabi va tibbiyot muassasasi binolari ham bor.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling