Valyuta kurslari 20/12/2024
$1 – 12875.06
UZS – 0,1%
€1 – 13406.80
UZS – -0,67%
₽1 – 124.75
UZS – -0,57%
Qidirish
Iqtisod 22/12/2024 Toshkent metropoliteni 2025-yilda 14 ta yangi poyezd xarid qiladi

Toshkent metropoliteni 2025-yilda 14 ta yangi poyezd xarid qiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yilda Toshkent metropoliteni uchun 14 ta yangi poyezdlar (56 ta vagon) olib kelinadi.

Bu o‘z navbatida metropoliten harakat tarkiblari parki yangilanishiga, harakat tarkiblari oraliq intervali 2-4 daqiqaga qisqartirish imkoniyatini yaratdi.

2019-yilda 5 ta poyezd (20 ta vagon), 2021-yilda 10 ta poyezd (40 ta vagon) va 2024-yilda 14 ta poyezd (56 ta vagon) xarid qilingan edi. Shu tariqa, metropolitenning umumiy tarkibi 78 ta poyezd (313 ta vagon)ni tashkil etadi.

2017-2024-yillarda metropoliten liniyasi uzunligi 38 kilometrdan 70,8 kilometrga, bekatlar soni 29 tadan 50 taga yetkazildi

2024-yilning mart oyida “Toshkent yer usti halqa metro liniyasining II bosqichi qurilishi” loyihasi doirasida qurib bitkazilgan 2 ta bekatdan iborat uzunligi 3,6 km bo‘lgan “Quruvchilar-Qipchoq” qismi ishga tushirildi.

Natijada, Toshkent metropolitenida 2022-yilda kunlik o‘rtacha 375 ming yo‘lovchi tashilgan bo‘lsa, joriy yilda kunlik 1 mln yo‘lovchi tashishga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling