Toshkent – Buxoro yo‘nalishida “Afrosiyob” qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida «Toshkent – Buxoro – Toshkent» yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi qatnaydi.
Qo‘shimcha reyslar quyidagi kunlarda amalga oshiriladi:
20, 25, 31 mart va 1 aprel.
Yo‘lga chiqish jadvali:
Toshkentdan yo‘lga chiqish (№778) — soat 06:03, Buxoroga 10:14 da yetib boradi.
Buxorodan qaytish (№777) — soat 17:55, Toshkentga 22:08 da yetib keladi.
Chiptalarni “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” rasmiy sayti va vokzallar kassalaridan xarid qilish mumkin.