Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 25-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini naqd pul orqali to‘lash to‘liq to‘xtatiladi.
O‘zbekiston Transport vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, shu sanadan e’tiboran yo‘l haqi faqatgina bir martalik chipta orqali amalga oshiriladi. Mazkur chiptalarni avtobus bekatlari yoki yaqin hududlarda o‘rnatilgan Paynet, MultiPay yoki Oson infokiosklaridan sotib olish mumkin.
«Yo‘lovchilarga elektron to‘lov tizimlaridan foydalanishni tavsiya qilamiz, chunki bu eng qulay va tezkor to‘lov usuli», — deya ta’kidladi vazirlik vakillari.
Shuningdek, noyabr oyi oxirida Toshkent shahar hokimligi jamoat transportida yo‘l haqi tariflarini oshirish bo‘yicha qaror loyihasini taqdim etdi. Rejaga ko‘ra:
Bir martalik chipta narxi 3000 so‘mga ko‘tariladi.
Yirik hajmdagi yukni tashish uchun haq 4000 so‘mni tashkil qiladi.
Bank kartalari yoki ATTO ilovasi orqali to‘lov qiluvchilar uchun tarif 1700 so‘m etib belgilangan. Shuningdek, foydalanilgan safar soniga qarab tariflarni belgilash rejasi ham ko‘zda tutilgan.