Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Osiyo boks konfederatsiyasi (ASBC) qit’ada 2024-yilning eng yaxshilarini e’lon qildi. Quvonarlisi, ushbu ro‘yxatda 3 nafar vakillarimiz ham bor.
Yil yakunlariga ko‘ra Osiyoda o‘smir qizlar o‘rtasida yilning eng yaxshi bokschisi sovrini terma jamoamiz a’zosi Maftuna Yangiyevaga topshirildi. 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilarda eng yaxshi ayol bokschi yutug‘iga esa, 2024-yilda Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan Feruza Kazakova ega chiqdi.
Parij-2024 Olimpiada o‘yinlaridagi yuqori natijalarda o‘zining yuksak hissasini qo‘shgan terma jamoamiz bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev bo‘lsa, Osiyoda yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Bundan tashqari tashkilot, O‘zbekiston terma jamoasining Olimpiadadagi natijalari uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.