TMK va Xitoyning Chalieco kompaniyasi volfram ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish loyihasini ishga tushirdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ va Xitoyning yetakchi muhandislik-injiniring kompaniyasi - China Aluminum International Engineering Co., Ltd. (Chalieco) o‘rtasida strategik ahamiyatga ega yangi hujjatlar imzolandi.
Tomonlar o‘rtasida volfram gidrometallurgiya sehini modernizatsiya qilish bo‘yicha shartnoma, shuningdek, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish yuzasidan hamkorlik memorandumi tuzildi.
China Aluminum International Engineering Co., Ltd. (Chalieco) — bu Xitoyning yirik davlat korporatsiyasi Aluminum Corporation of China (Chinalco) tarkibiga kiruvchi kompaniya hisoblanadi. 2003-yilda tashkil etilgan ushbu kompaniya bugungi kunda u EPC xizmatlaridan tortib, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, uskunalar ishlab chiqarishgacha bo‘lgan keng ko‘lamli yo‘nalishlarni qamrab olgan.