Valyuta kurslari 25/12/2024
$1 – 12909.80
UZS – 0,06%
€1 – 13415.86
UZS – -0,09%
₽1 – 129.09
UZS – 1,17%
Qidirish
Iqtisod 24/12/2024 Texnomart tarmog'i reklama qonunlarini buzgani uchun jarimaga tortildi

Texnomart tarmog'i reklama qonunlarini buzgani uchun jarimaga tortildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan monitoringlar natijasida reklama qonunchiligi buzilish holatlari aniqlandi.

“Texnomart” MCHJ telegram kanalida joylashtirilgan “Eng zo‘r taklif” mazmunidagi mobil telefonlar reklamalarida mahsulot narxi va to‘lov shartlari bo‘rttirib ko‘rsatilganligi aniqlangan. Masalan, VIVO Y03 telefoni uchun 213 167 so‘m oylik to‘lov, HONOR X7b telefoni uchun esa 274 167 so‘m etib ko‘rsatilgan.

Qo‘mita tomonidan boshqa savdo do‘konlaridagi ushbu markali mobil telefonlar narxlari solishtirilganda, “Texnomart” MCHJ savdo do‘konlaridagi muddatli to‘lov narxlari nisbatan yuqoriligi kuzatilgan. Bundan tashqari, reklamada “eng”, “eng yaxshi” kabi orttiruvchi nisbatlar ishlatilgan, lekin bu da’volarni tasdiqlaydigan aniq dalillar taqdim etilmagan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “Texnomart” MCHJga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi hamda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlarining tegishli moddalari talablari buzilishi bilan ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling