Termez aeroportiga yul olgan birnecha reyslar tuman sababli zaxira aerodromlariga yo‘naltirildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Termiz aeroportida noqulay ob-havo sharoiti (tuman) tufayli bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yuborildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Silk Avia aviakompaniyasining Toshkent — Termez yo‘nalishi bo‘yicha US-751 reysi Buxoro aerodromiga yo‘naltirildi.
“Air Samarkand” aviakompaniyasining Jidda – Termiz yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan 9S412 reysi esa Samarqandga qo‘ndi.
#Uzbekistan Airports